Uyingizga keladigan odamlar bilan tanishing
Derazani oʻlchaydigan, yasaydigan va oʻrnatadigan har bir kishi CHORROM jamoasida ishlaydi. Begona brigadalarni yollamaymiz.
CHORROM asoschisi va rahbari
Assalomu alaykum. 2013-yilda Chorchinorda kichik sexdan boshlaganmiz.
Bugun jamoamiz kattalashgan, lekin qoida oʻzgarmagan: har bir buyurtmani oʻzim nazorat qilaman, narxni shartnomaga yozamiz va oʻrnatgandan keyin ham telefonimizni koʻtaramiz.
Chorchinorda kichik sex ochildi, birinchi buyurtmalar qoʻshnilardan keldi.
Jamoamizning uchta qoidasi
Narx bir marta aytiladi
Oʻlchovda aytilgan narx shartnomaga yoziladi. Keyin “qoʻshimcha” chiqmaydi.
Uyingizni oʻz uyimizdek
Poyabzal gʻilofi kiyamiz, mebelni yopamiz, chiqindini olib ketamiz.
Telefon har doim koʻtariladi
Oʻrnatgandan keyin ham. Rostlash va servis uchun bitta raqam.
Jamoa
Har bir bosqichda sizga kim javob berishini oldindan bilasiz.
Sexdagi ustalar, haydovchilar va ofis xodimlari bilan birga.
Jamoamizga qoʻshiling
Montaj ustasi va sex ishchilariga doim ehtiyojimiz bor. Tajriba boʻlmasa, oʻrgatamiz.