Shourumga keling, choy bizdan
Derazani rasmda tanlash qiyin. Shourumda profilni qoʻlingizda ushlaysiz, ranglarni yonma-yon koʻrasiz va yaxshi oyna shovqinni qanday toʻsishini oʻzingiz eshitasiz.
Chorchinor, 42-uyBuxoro
8:30 – 18:30ish vaqti
Sex yonidaishlab chiqarishni ham koʻrasiz
Shourumda nimalarni koʻrasiz
Profil kesimlari
3, 5 kamerali PVX va issiq alyuminni yonma-yon solishtirasiz.
Shovqin sinovi
Oddiy va shovqindan himoyalovchi shisha farqini quloq bilan eshitasiz.
Ranglar va laminatsiya
Antratsit, yongʻoq, oltin dub va boshqa ranglar haqiqiy namunada.
Ishlab chiqarish
Xohlasangiz, sexga kirib derazangiz qanday yasalishini koʻrasiz.
Assalomu alaykum!
Shourumga kelganingizda sotib olishga majbur emassiz. Savollaringizga javob beramiz, namunalarni koʻrsatamiz, qaror sizda.
CHORROM asoschisi